Light | 01:15 / 03.04.2019
7281
5 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy savdoga qo‘l urish va eng yaxshilardan o‘rganish uchun 4 sabab

So‘nggi yillarda moliya sanoatidagi eng yorqin hodisalardan biri moliyaviy-texnologik inqilob natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy savdodir. Savdo amaliyotlarining professional brokerlar qo‘lidan alohida treyderlar qo‘liga o‘tishi yangi savdo metodologiyalarini kashf qilish uchun qulay muhit yaratdi. Ijtimoiy treyding an'anaviy savdo amaliyotini onlayn hamjamiyatlar bilan birlashtiradi, shuningdek u ham endigina ish boshlagan, ham tajribali treyderlar uchun ko‘plab ustuvor jihatlarga ega. The Next Web ularning to‘rttasi bilan bo‘lishdi.

Foto: Pixabay

1. Bu vaqtingizni tejaydi

Ijtimoiy savdo bilan birga eToro tomonidan ixtiro qilingan va patentlangan "savdoni nusxalash" yuzaga keladi. Nusxalar savdosi treyderlarga real vaqt rejimida boshqa treyderlarning xatti-harakatlarini nusxalash imkonini beradi. Nusxa olingan treyder bilan nusxa olganga bir xil sarmoya kiritiladi. Shu tariqa, faol savdoga kamroq vaqt ajratishni ma'qul ko‘ruvchi odamlar boshqa treyderlarga ular uchun ishlash imkonini beradi. Albatta, pullarni begona qo‘llarga ishonib topshirish xavfli bo‘lishi mumkin, bu esa bizni ro‘yxatdagi keyingi bandga olib keladi.

Foto: Pixabay

2. Bu shaffof

Yuqorida ko‘p odamlar o‘z pullarini begona qo‘llarga topshirishi haqida gap ketdi. Siz brokerdan foydalanasizmi yoki yo‘q, pensiya jamg‘armasini ochasizmi yoki pullaringizni bankka qo‘yasizmi, umuman olganda, siz odamlarga o‘z nomingizdan sarmoya kiritish uchun pullaringizdan foydalanish imkonini taqdim etasiz. Bu misollarning bari umumiy o‘xshashlikka ega: siz odatda pullaringizni qayerga sarflanayotganini bilmaysiz.

Bu nusxalar bilan savdo qilishga kirmaydi. Ta'kidlash joizki, eToro'da nusxa olish mumkin bo‘lgan har bir treyder o‘zining ommaviy profiliga ega, u barchaga ko‘rinadi. Treyderlarning eToro'dagi profillari ko‘plab qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘ladi, bu esa salohiyatli nusxachilarga savdo tarixi, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklar nisbati, daromad va portfel tuzilmasi kabi intellektual nusxalar bilan savdo qilishga doir qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Bundan tashqari, eToro har bir treyderga savdo bilan bog‘liq odatlar va strategiyalarga asoslangan raqamlar shaklidagi noyob xavf ko‘rsatkichini beradi. Shu tariqa, treyderlar o‘zlarining tavakkal qilishga tayyorgarliklariga muvofiq keluvchi treyderlarni nusxalashi mumkin.

Foto: Pixabay

3. Bu sizga ta'sir o‘tkazish imkonini beradi

Hatto eng tajribali treyderlar ham butun bozorga egalik qila olmaydi. Ba'zilari AQSh yoki Yevropa kabi muayyan geografik bozorlarga ixtisoslashadi, boshqalari esa aksiyalar, tovarlar yoki kriptovalutalar kabi aktivlar toifasini o‘zlashtiradi. Ijtimoiy savdo treyderlarni o‘zlari mustaqil ravishda chiqa olmaydigan bozorlarga olib chiqadi.

Misol uchun, biror kimsa o‘z mablag‘larining bir qismini Osiyo bozoriga ajratmoqchi bo‘lsa, u yangi bozorni o‘zlashtirishdek murakkab jarayonlardan o‘tish o‘rniga ushbu bozorga ixtisoslashgan (yoki muvaffaqiyat qozongan) treyderdan nusxa olib, maqsadiga erishishi mumkin. Yana bir misol sifatida aksiyalar savdosi bo‘yicha tajribali, lekin boshqa aktivlar toifasida kengayish niyati bo‘lgankimsani olish mumkin, bu holatda u ham kriptotreyderdan nusxa olish imkoniga ega.

Foto: Pixabay

4. Orqaga qadam tashlash imkonini beradi

Shuni doim yodda tutish kerakki, ijtimoiy treyding har doim ham vaqt yoki tajriba yetishmasligi bilan bog‘liq emas. Ba'zi treyderlar yetarlicha tajribali bo‘lib, vaqtni tejashi mumkin, biroq o‘z portfellarini faol boshqarishdek "yuk"dan dam olishni xohlashi mumkin. Oxir-oqibat, kunduzgi savdo kabi qisqa muddatli savdo usullari yetarlicha talabchan va doimiy e'tiborni talab qiladi, bu esa ko‘p holatlarda stressni yuzaga keltiradi. Agar shunday bo‘lsa, treyder nusxalash uchun boshqalarni tanlashi va uning o‘rniga savdo qilgunlariga qadar tez o‘zgaruvchi hayot tarzidan dam olishi mumkin.

Bugunga kelib biz Internet ijtimoiy makon ekaniga shu qadar ko‘nikib ketdikki, qachonlardir ijtimoiy tarmoqlar bo‘lmaganini yodimizdan ham chiqarib qo‘yamiz. Biroq ijtimoiy funksiyalar moliya sohasida hanuz yangilik hisoblanadi va bu soha rivoji uchun turtki beradi. Web 2.0 inqilobi Internetda odamlar va o‘zaro muloqot qilish usulini o‘zgartirgani kabi ijtimoiy savdo inqilobi an'anaviy moliyalashtirish olamini o‘zgartirmoqda. Dadil aytish mumkinki, u rivojlanishda davom etadi va onlayn-treyderlarga omma kuchidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishning yangi usullarini taklif qiladi.

Mavzuga oid