Sport | 09:14 / 11.04.2019
11164
2 daqiqa o‘qiladi

YeChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar aniq bo‘ldi

Yevropa Chempionlar Ligasida chorak finalning birinchi o‘yinlari o‘tkazildi. UYeFA bu o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatgan 4 nafar futbolchini haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatoriga kiritdi.

Nominantlar sirasida:
– «Tottenhem»-«Manchester Siti» o‘yinidagi (1:0) hal qiluvchi gol muallifi Son Hyong Min,
– «Liverpul»–«Portu» bahsida (2:0) mezbonlarning ikkala golida ham qatnashgan (1+1) Roberto Firmino,
– «Ayaks»-«Yuventus» (1:1) o‘yinida uzatgan paslari 91 foiz aniqlikda sheriklariga yetib borgan amsterdamliklar yarimhimoyachisi Frenki de Yong,
– «MYu»-«Barselona» (0:1) uchrashuvida to‘pni o‘z jarima maydonidan o‘n marta uzoqlashtirishga erishgan va jamoadoshlariga 94 foiz aniqlikda to‘p uzatgan mehmonlar himoyachisi Jyerar Pike nomlari qayd etilgan.

Nomzodlarga quyidagi havola orqali o‘tib, ovoz berish mumkin.

Mavzuga oid