O‘zbekiston | 20:53 / 16.04.2019
5183
1 daqiqa o‘qiladi

Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining qarori bilan Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, 141-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“141. Advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, O‘zbekiston Respublikasining protsessual kodekslariga qat'iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak”.

25-bandning uchinchi xatboshisidagi “devonining” degan so‘z “Administratsiyasining” degan so‘z bilan almashtirildi.

Qayd etilishicha, mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.

Mavzuga oid