Jamiyat | 08:45 / 18.04.2019
19328
2 daqiqa o‘qiladi

IIBB OAV xodimlarini yangilik tarqatishda shoshmaslikka chaqirdi

Foto: KUN.UZ

Bir qator saytlar “poytaxt IIBB tomonidan Toshkentda “O‘lmas polk” aksiyasining tashkiliy ishlarida baholi qudrat yordam ko‘rsatishi” to‘g‘risidagi tekshirilmagan ma'lumot tarqatilmoqda, deya bayonot berdi IIBB matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda belgilangan rejaga muvofiq barcha bayramlar vaqtida jamoat xavfsizligini ta'minlaydi.

Yurtimizda 9 may kuni nishonlanadigan Xotira va qadrlash kuni rasmiy bayram hisoblanib, bu kunda ham IIBBning shaxsiy tarkibi shahar bo‘ylab xizmat olib boradi. Shu bilan bir qatorda, xotira komplekslarida gulchambarlar qo‘yish marosimlari o‘tkaziladi.

Bugungi kunda IIBB matbuot-xizmati hokimiyatning Toshkent shahrida “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi ruxsati haqida ma'lumotga ega emas, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 15 aprel kuni o‘tkazilgan sayyor qabul vaqtida qabulga “shaxsiy masalalar bo‘yicha” yozilgan Toshkent shahrida yashovchi T.I. ushbu aksiya haqidagi savoliga yuqoridagi kabi javob olgan. 

“Hurmatli OAV ishchilari, uchinchi shaxslardan xabar olgan holatingizda ma'lumotlarni Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmatida aniqlashtiring”, - deyiladi IIBB bayonotida. 

Mavzuga oid