Liviya poytaxti havodan hujumlar nishoniga aylanmoqda
Liviya milliy armiyasi mamlakat poytaxti Tripolida olib borayotgan qurolli amaliyotlar qo‘poruvchilik harakatiga tutashib ketdi. Tripolida shanba kuni kuzatilgan havodan hujumlardan so‘ng, yakshanba kuni kuchli portlashlar yuz berdi.
Reuters agentligi muxbirining ma'lum qilishicha, poytaxt osmonida 10 daqiqa charx urgan harbiy samolyot biroz vaqt o‘tishi bilan shaharning janubiy hududini nishonga olgan. Mahalliy aholining osmondagi jism uchuvchisiz boshqarilayotgan dron bo‘lganini aytishmoqda. O‘q va raketalar Tripoli mudofaasiga otlangan harbiylar pozitsiyalariga yo‘llangan.
Xalifa Haftarga sodiq bo‘lgan Liviya milliy armiyasi kuchlari ikki haftadan buyon qurolli harakatlarni faol olib bormoqda. Tripoli hukumati shaharni himoya qilmoqda, ammo Haftarni BAA va Misr ham qo‘llab-quvvatlamoqda. U 8 yillik fuqarolar urushi davrida ikki arab davlatining uzluksiz ta'minotiga ega bo‘lib kelmoqda.
Mavzuga oid
12:33 / 06.11.2024
BMT: Yil boshidan beri Liviyada minalar portlashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
13:55 / 21.07.2024
Liviya inqirozi: Qazzofiyning siyosati, ag‘darilishi va undan keyingi bo‘linish
11:40 / 18.06.2024
Liviyaning 42 yillik diktatori. Muammar Qazzofiy nima uchun o‘ldirilgandi?
08:50 / 06.11.2023