Sport | 14:10 / 23.04.2019
11402
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo chempionati. Sanjar Tursunov yarim finalga chiqdi

Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak finali doirasidagi janglar davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston jamoasining -91 kg vazn toifasidagi vakili Sanjar Tursunov qirg‘izistonlik Chingiz Borbashevga qarshi ringga ko‘tarilib, 3 raund davom etgan jangda g‘alaba qozondi va turnirning yarim finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zbekiston erkaklar jamoasidan Shukurjon Rahimov (-60 kg) turkmanistonlik raqibini yengib, yarimfinalga chiqqan, Isroil Madrimov (-75 kg) esa qozog‘istonlik bokschiga mag‘lub bo‘lgandi.

22 aprel kungi bahslarda esa o‘zbekistonlik 4 nafar bokschi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, jamoaning yana 4 nafar vakili, jumladan Hasanboy Do‘smatov ham mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani erta yakunlagan edi.

Bugungi janglar doirasida O‘zbekistonning yana 3 nafar vakili ringga ko‘tariladi.

Kechki dastur:
-69 kg: Bobo Usmon Baturov – Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Xaipeng Mu (Xitoy)
-64 kg: Maftuna Meliyeva – Suchada Panich (Tailand).

Mavzuga oid