Qozog‘iston prezidenti qozoq tilini bilishga imtihon topshirdi
Qozog‘iston prezidenti, hukmron “Nur Otan” partiyasidan markaziy saylov komissiyasiga prezident saylovlari uchun nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza bergan Qosim-Jomart Toqayev davlat tili, ya'ni qozoq tilini bilish bo‘yicha imtihon topshirdi.
“Biz, ehtimol, eng asosiy da'vogar – amaldagi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevdan imtihon qabul qildik. U davlat tilini mukammal biladi”, deb xabar qilgan lingvistik komissiya raisi Mirzatoy Joldasbekov.
Davlat tilini erkin bilish Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod sifatida qayd qilinish uchun majburiy hisoblanadi.
Shuningdek, Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, nomzod Qozog‘istonda tug‘ilgan, oxirgi 15 yil mamlakatda yashagan, oliy ma'lumotli va 40 yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak. U, shuningdek, kamida 5 yil davlat ishi yoki davlat lavozimlarida ishlagan bo‘lishi lozim.
Qozog‘istonni deyarli 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni prezident vakolatlarini topshirdi. Uning o‘rnini bungacha parlament senati raisi bo‘lgan Toqayev egalladi. 23 aprelda “Nur Otan” partiyasi qurultoyida Nazarboyev 9 iyunda o‘tadigan navbatdan tashqari prezident saylovlarida ishtirok etish uchun Toqayev nomzodini ilgari surdi.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024