«Barselona» «MYu»ga katta taklif tayyorlamoqda
«Barselona» yozgi transfer mavsumida «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordni sotib olishga harakat qiladi, deb xabar tarqatdi The Sun.
Nashrning yozishicha, kataloniyaliklar «qizil iblislar»ning so‘nggi vaqtlardagi omadsizliklaridan foydalanib, 21 yoshli futbolchi uchun 115 mln yevro taklif etishmoqchi.
Reshfordning amaldagi bitimi muddati keyingi yil yozda tugaydi, unda hamkorlik yana 12 oyga uzaytirilishi mumkinligi haqida band bor. «MYu» kelishuvni uzaytirish yuzasidan harakatlarni boshlab yuborgan – avvalroq Markusning maoshi 3,5 barobardan ham ko‘proqqa oshirilishi xabar qilingan edi.
10-raqam egasi bu mavsum klubining 44ta o‘yinida qatnashib, 13+9 mahsuldorlik natijasiga erishdi.
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024
«Barsa»dan jiddiy start. Flik chempionlik uchun kurashishini baralla e’lon qildi
18:54 / 09.08.2024
«Barselona» Dani Olmo transferini e’lon qildi
17:50 / 19.07.2024