Sport | 15:20 / 27.04.2019
6210
1 daqiqa o‘qiladi

Rayola «MYu» vakillari bilan uchrashuvdan bosh tortdi

Foto: Matt West/BPI/Rex/Shutterstock

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba «Real»ga o‘tishga qat'iy ahd qilgan, deb xabar tarqatdi The Sun.

Nashrda yozilishicha, 26 yoshli xavbekning agenti Mino Rayola «MYu» rahbariyati bilan oldindan belgilangan uchrashuvini bekor qilgan. Mazkur uchrashuvda futbolchi bilan shartnomani uzaytirish masalasi muhokama qilinishi kerak edi.

Ta'kidlanishicha, Manchesterga kelganidan buyon klubning muvaffaqiyat qozona olmayotganidan Pogbaning hafsalasi pir bo‘lgan. U faoliyatini «Real»da davom ettirishni istayotganini rahbariyatga ma'lum qilib ulgurgan.

Kecha Pol klubi bilan yozgi mavsumoldi sayohatiga borish uchun talab qilinadigan Xitoy vizasini rasmiylashtirishni istamagani ma'lum bo‘lgandi.

Bundan avvalroq esa Madrid klubi Pogba va «Chelsi» vingeri Eden Azar transferi amalga oshishiga ishonch bilan qarayotgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid