Jahon | 20:33 / 06.05.2019
20842
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda raketalar lazer yordamida urib tushirildi

Amerikalik harbiylar lazer qurilmasi prototipi yordamida bir nechta havo starti raketalarini muvaffaqiyatli urib tushirishdi. Bu haqda The Drive nashri xabar berdi

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, sinovlar 23 aprelda Nyu-Meksikodagi “Oq qumlar” poligonida o‘tgan. Raketalarga qarshi lazer SHiELD (Self-Protect High Energy Laser Demonstrator) konsepsiyasi doirasida yaratilgan. Bu konsepsiyaga ko‘ra 2021 yilgacha AQShning barcha qiruvchi samolyotlari lazerlar bilan qurollanadi. 

Lazer tizimi harbiy samolyotlar qudratini oshirishi va ularni “havo-havo” hamda “yer-havo” sinfidagi raketalardan himoya qilishi ko‘zda tutilgan. Harbiylar sinovlar tafsilotlarini sir saqlashmoqda. Biroq nashr ma'lumotlariga ko‘ra, barcha nishonlar muvaffaqiyatli urib tushirilgan.  

Mavzuga oid