Yaqin 10 yilda million turdagi jonzot va o‘simliklar qirilib ketishi mumkin – BMT
BMT sayyoramizdagi 8 mln turdagi jonzot va o‘simliklardan bir millionga yaqini 10 yil ichida yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirmoqda. Bu haqda BMT dokladida keltirilgan.
Hujjatda ta'kidlanishicha, xalqaro tashkilotda oxirgi 15 yil ichida tabiatdagi o‘zgarishlarni tahlil qilib, shunday xulosaga kelingan. Jiddiy muammolar ham quruqlikda, ham okeanlar, dengizlar va daryolarda yashovchi jonzotlarga taalluqli.
“Quruqlikdagi yarim milliondan ortiq jonzot va o‘simlik uzoq vaqt davomida mavjud bo‘lish uchun zarur bo‘lgan muhitga ega emas”, deyilgan dokladda.
Agar turlarning yashash muhiti tiklanmasa, ularning soni yaqin 10 yilda millionga kamayib ketishi mumkin.
BMTda ma'lum qilinishicha, odamzot har yil daryolar va okeanlarga 400 mln tonnaga yaqin og‘ir metallar, zaharli moddalar va boshqa chiqindilarni tashlaydi. Xususan, buning oqibatida dunyo baliq zaxiralarining uchdan bir qismi yo‘q bo‘lib ketish yoqasiga kelib qolgan.
2020 yilgacha dunyo yetakchilari BMT rahnamoligi ostida Xitoyda biologik turfa xillik masalasi bo‘yicha muhim uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda. Mutaxassislar qirilib ketayotgan turlarni himoyalash sohasidagi vaziyatni yaxshilash uchun xalqaro hujjatni qabul qilishga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024