Frank-Valter Shtaynmayyer O‘zbekistonga qachon tashrif buyurishi ma'lum bo‘ldi
Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Kun.uz muxbiri Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi tomonidan tashkil etilgan media-tur doirasida Germaniyadagi O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib, shu haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, Frank-Valter Shtaynmayyerning tashrifi may oyi oxirlarida amalga oshiriladi hamda u o‘ziga xos javob tashrifi bo‘ladi.
Bildirilishicha, GFR prezidentining rejalashtirilayotgan tashrifi Berlinda boshlangan o‘zaro ishonchga asoslangan konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish uchun imkoniyat sanaladi. Tashrif davomida har ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamda ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro siyosatga aloqador dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashish mo‘ljallangan.
Ta'kidlanishicha, Germaniya federal prezidenti bilan birga nemis ishbilarmon doiralari vakillari ham O‘zbekistonga keladi. Ular savdo-iqtisodiy va investitsion sohada hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Germaniya prezidenti Toshkentda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, Xiva shahriga tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024
Germaniyada mashina rojdestvo bozoridagi kishilar ustiga haydaldi
22:59 / 19.12.2024
Tashqi qarz bosimi: koalitsiya tarqadi, Shols yutqazishi mumkin
17:36 / 03.05.2023