Jamiyat | 07:41 / 11.05.2019
89519
7 daqiqa o‘qiladi

IIBB «dolya, polojyenets va reket» haqida tarqalgan ma'lumotlar yuzasidan bayonot berdi

Foto: KUN.UZ

Internetda ichki ishlar organi xodimlarini go‘yoki “fosh etadigan” navbatdagi maqola chiqib, uning mualliflari xususan Toshkent shahar IIBB rahbarlaridan birini ayblashmoqda, deya xabar beradi IIBB matbuot xizmati. 

“Anonim manbalarga” tayangan holda jurnalistlar ichki ishlar organi va kriminal elementlar “Moldovadan kelgan tadbirkorlardan zo‘rlik bilan ulush undirayotganlari” haqida yozishgan. Ushbu shubhali matnning muallifi ko‘proq e'tibor jalb qilish maqsadida “jar soluvchi” sarlavha va turli xil jimjimador jumlalardan foydalangan, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu maqolani chop etishdan maqsad Toshkent shahar IIBB xodimlarini obro‘-e'tiborini to‘kish ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi.

Ta'kidlanishicha, muallif “yuqori lavozimda ishlovchi amaldorlarning” ismlarini keltirmasligini, “hozircha ma'lumot faqatgina suhbatdoshlar bilan muloqotdan olinganligi” bilan tushuntirib hiyla ishlatmoqda. Yuqoriroqda u “yuqori davlat lavozimida ishlovchi shaxs” tomonidan tayinlangan Toshkent bo‘yicha allaqanday “vaziyat egasi”ning so‘zlarini keltirgan. Toshkent shahar IIBB saytidan barcha rahbarlar bo‘yicha ma'lumotlar keltirilgan. Ular to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham, idoraning faoliyati ham sir tutilmaydi. 

Ikkinchidan, tahririyat vakili haqiqatdan ham Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati boshlig‘i o‘rinbosari bilan telefon orqali bog‘lanib, aniq faktlarsiz yoziladigan barcha ma'lumotlar asossiz bo‘lib, mish-mishdan boshqasiga yaramasligi haqida izoh olgan, deyiladi ma'lumotda.

“Shuningdek, jurnalistga xat bilan yoki idoraning saytiga IIBB xodimlarining noqonuniy harakatlarini fosh qiladigan materiallarni yo‘naltirish tavsiya etilgan. Ammo haligacha saytga bu kabi birorta murojaat kelib tushmadi. Buning sababi isbotlar yo‘qligidami?

Endi Moldovadan kelgan “tadbirkorlarga” to‘xtalsak.

Joriy yilning bahorida poytaxt IIBBga kelib tushgan murojaatlarda odamlar ularga oddiy molni uch baravar narxda sotgan moldovan millatiga mansub shaxslarga nisbatan chora ko‘rishni so‘rardilar, Toshkent shahar IIBB xodimlari aholi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazishdi. Mahalliy aholi va mehmonlarga qo‘ldan turli xil mollar xarid qilishga shoshmasdan, ularning narxini do‘konlardan aniqlashtirish tavsiya qilingan edi. Xodimlar aholi vakillariga Moldova fuqarolarining harakatlaridan jinoyat tarkibi yo‘qligini tushuntirishdi. Bundan tashqari, Moldova vakillaridan ba'zilari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun patentga ega edilar. Toshkent shahar matbuot-xizmati tomonidan videosyujyet tayyorlangan bo‘lib, unda bu kabi holatlardan biri to‘g‘risida batafsil so‘z yuritilgan”, - deya bildirgan IIBB. 

Ma'lum qilinishicha, ilgari, ya'ni 2015-2018 yillarda ham poytaxt aholisi va mehmonlari tomonidan Moldovadan kelgan o‘zlarini tadbirkor sifatida tanishtirgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Kelib tushgan arizalar asosida o‘ndan ortiq firibgarlik faktlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”)  bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Bundan tashqari, chet el fuqarolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish qoidalarini buzilganligi bilan bog‘liq faktlar bo‘yicha yuzdan ortiq ma'muriy bayonnomalar tuzilib, 500 ga yaqin Moldova fuqarolari respublikadan chiqarib yuborilganlar. Soliq organlari xodimlari Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadbirlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi buzilganligi bo‘yicha yuzdan ortiq faktlar aniqlangan.  

“Toshkent shahar IIBB xodimlari aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirishlari natijasida, endilikda Moldova fuqarolari poytaxtda emas, Toshkent viloyatida qo‘nim topadigan bo‘lishgan.

Moldova fuqarolarning ba'zilari O‘zbekistonga turizm yoki investitsiya kiritish uchun emas, balki noqonuniy faoliyat yuritish maqsadida kelib, maishiy texnika va boshqa uy anjomlarini bir necha baravar qimmat narx evaziga sotish uchun kelishlarini toshkentliklar tushunib qolishgan. Yolg‘onchilar mollarni “Chilonzor buyum bozori” (“Ippodrom”), “Toshkent savdo markazi” (“Abu Saxiy”), “Bek-Baraka” bozorlaridan xarid qilib, o‘z xaridorlarini “mol chet davlatda ishlab chiqarilganligiga va yuqori sifatli ekanligiga” ishontirishlariga ko‘plab hamyurtlarimiz amin bo‘ldilar.

Toshkentliklar ehtiyotkor bo‘lib qolganliklaridan, ichki ishlar xodimlari esa bu kabi firibgarliklarga qarshi faol ish olib borishlaridan norozi bo‘lgan Moldova fuqarolari o‘sha maqolada bayon qilingan “anonim tadbirkorlardir”.  

Savol: agar poytaxt IIBB xodimlari “ulush undirish” bilan shug‘ullanishsa, Moldova fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi shunchalik faol kurasharmidilar? Javob ravshan ko‘rinadi: u holda soxta tadbirkorlar toshkentliklarni “tushirishda” davom etib, poytaxtda bemalol istiqomat qilishar edi”, - deyiladi IIBB ma'lumotida.

Qayd etilishicha, “ko‘cha” so‘zining ma'nosi ham bugun o‘zgarib, unda kriminal ma'no deyarli qolmagan. To‘liqroq ishonch hosil bo‘lishi uchun hozirda tadbirkor, ilgari jinoiy muhit a'zolaridan biri bo‘lgan 52 yoshli Dilmurod K.ning fikrini keltirilgan (ismi uning iltimosiga ko‘ra o‘zgartirilgan): “...Men ilgari bir necha bor turli xil jinoyatlar uchun sudlanib, uzoq vaqt ozodlikdan mahrum bo‘lganman. O‘zbekistonda bugun “o‘g‘rilar tushunchasi” ham, davlat hududida jinoiy muhitni tartibga solib turadigan hech qanday “vaziyat egalari” ham, “kuzatuvchilar” ham yo‘q. Bu endi qiziq emas. Menga bir nazar soling: biznes bilan shug‘ullanaman, hammasi qonun doirasida – butun madaniyatli dunyodagi kabi. Muammolar bo‘lib turadi, lekin ularni barchasini qonuniy hal etish mumkin”.

“Tahririyatga yana bir bor murojaat qilmoqchimiz: agar sizda aniq faktlar bo‘lsa, ularni bizga taqdim eting, shunda tekshiruv o‘tkazilib, aybdorlar jazolanadilar. IIV va IIBB rahbariyatining xodimlar tomonidan sodir etiladigan qonunbuzarliklarga nisbatan potsiziyasi qat'iy. Isbot-dalillar yo‘q ekan, internetda chiqarilgan matndagi ichki ishlar organi xodimlarining huquqbuzarliklarga aloqadorliklari to‘g‘risidagi ayblovlar asossiz hisoblanib, mish-mishlardan boshqa narsa emas”, - deya yakunlanadi IIBB xabari.    

Mavzuga oid