«Davr bank» Uchtepa filiali bo‘yicha mojaro yuzasidan bayonot berdi
“Davr bank” XATB Uchtepa filiali tomonidan filialning sobiq xodimi J.Yu.ga nisbatan fuqarolar tomonidan bildirilgan e'tirozlar yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, J.Yu. va B.M.lar ayrim fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan (juda arzon avtokredit (yillik 11 %) ipoteka krediti (yillik 7%) hamda juda katta foizli omonat turi (oyiga 10%, 18 %) xizmat turlarini taklif qilib, fuqarolarda shubha uyg‘otmaslik maqsadida o‘zining xatti-harakatlariga qonuniy tus berib, kirim orderini qalbakilashtirib, fuqarolarga o‘zi tomonidan qalbakilashtirilgan kirim orderlarini taqdim qilib, juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘z ehtiyojlari yo‘lida o‘zlashtirib yuborganligi aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy chora ko‘rishlik uchun bank tomonidan Toshkent shahar IIBBga 26.04.2019 yilda tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda ariza berilgan va mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB FMB tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
J.Yu.ning noqonuniy harakatlaridan jabrlangan fuqarolar tomonidan bildirilgan iltimosnomalar hamda Markaziy bankning ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasida banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshirilishi lozimligi belgilangan bo‘lsa-da, qo‘lida shartnomasi mavjud bo‘lmagan fuqarolarga “Davr bank” XATB tomonidan zararlar qoplab berilganligi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
14:25 / 29.10.2024
Davr bank jarimaga tortildi – Raqobat qo‘mitasi
07:20 / 08.10.2024
Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:10 / 01.10.2024
Toshkentda xonadonida 38 kg giyohvandlik vositasini saqlab kelgan shaxs ushlandi
07:40 / 28.09.2024