«Golden Boy» sovriniga da'vogarlar ro‘yxati ma'lum bo‘ldi
Tuttosport nashri Yevropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga da'vogarlar ro‘yxatini e'lon qildi.
«Golden Boy» sovrinini olishga 100 nafar futbolchi nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Ular orasida mukofotning amaldagi sohibi Matteys de Ligt («Ayaks»), shuningdek, Vinisius, Andrey Lunin (ikkisi — «Real»), Fil Foden («Manchester Siti»), Matteo Genduzi («Arsenal»), Kallum Hadson-Odoi («Chelsi»), Jyeydon Sancho («Borussiya» D), Kay Havers («Bayyer»), Moyze Kin («Yuventus»), Janluiji Donnarumma («Milan»), Joau Felish («Benfika») va boshqalar bor.
Ma'lumot uchun, sovrin UYeFAga a'zo mamlakatlarning birinchi ligasida to‘p surayotgan, 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan biriga topshiriladi. G‘olib yetakchi sport nashrlari jurnalistlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlanadi.
2003 yilda ta'sis etilgan «Golden Boy»ni hozircha fransiyalik futbolchilar eng ko‘p – 3 marta qo‘lga kiritishgan. Klublar orasida esa 3 nafar o‘yinchisi bu e'tirofga loyiq ko‘rilgan «Manchester Yunayted» peshqadamlik qilyapti.
Mavzuga oid
15:50 / 06.06.2024
Yamal, Nevesh, Garnacho – Golden Boy uchun asosiy da’vogarlar, Abduqodir Husanov ham reytingdan joy oldi
13:31 / 17.12.2019
Joau Felish - «Golden Boy-2019» sohibi
23:54 / 15.11.2019
Bektemir Meliqo‘ziyev Oskar De La Xoyyaning kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
11:10 / 17.12.2018