Jamiyat | 16:30 / 16.06.2019
32500
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda panjara orasiga boshi tiqilib qolgan 6 yoshli bola qutqarildi (video)

Foto: Navoiy viloyati FVB

Navoiy shahrida yashovchi fuqaro Baxronova Nargiza viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, 2013 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Baxronov Daler o‘ynab, boshini eshik panjarasiga tiqqani va endilikda qaytib ololmayotgani tufayli yordam so‘rab murojat qilgan.

Foto: Navoiy viloyati FVB

Viloyat FVBdan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, qutqaruvchilarga murojaat qilishguncha bolaning onasi va qo‘shnilar Dalerni panjaradan chiqarishga bir necha marotaba harakat qilishgan. Besamar harakatlar uni kuchli qo‘rquv va vahimaga tushishiga sabab bo‘lgan, bolaning bo‘ynida shish paydo bo‘lgan.

Foto: Navoiy viloyati FVB

«Zudlik bilan voqea sodir bo‘lgan joyga yetib borgan qutqaruvchilar U.Oblaqulov, R.Qosimov va B.Majidovlar  maxsus gidravlik qaychi yordamida panjarani kesishdi va Dalerni sog‘-salomat onasiga topshirishdi», –deyiladi FVB axborotida.

 

 

Mavzuga oid