Turonbankdan tezkor va qulay xizmatlar
Mamlakatimiz mustaqilligi bilan tengdosh «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki bugungi kunda 20 filiali va 38 ta mini-banki orqali mamlakatimizning barcha hududlarida yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Keyingi yillarda bank «Zamonaviy menejment» uslubida va aniq belgilangan strategiya asosida ish yuritish masalasiga alohida e'tibor qaratayotgani bois salmoqli natijalarga erishmoqda.
Mijozlarga tezkor va qulay xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, eng avvalo, bank jozibadorligi va unga bo‘lgan ishonchni oshirishga olib keladi. Bu borada «Turonbank» ATB chakana xizmatlar bozorining eng jadal rivojlanayotgan segmenti, ya'ni plastik kartochkalar ommabopligini oshirish maqsadida, mijozlarga turli yechimlardagi kartalarni taklif etadi. Jumladan, mijozlarning «Turonbank» ATBning xorijiy valutadagi plastik kartalariga tobora qiziqishi ortishi, bank tomonidan plastik kartalarning jozibador shartlarda taklif etilayotganidan dalolat beradi.
«Turonbank» ATB 2019 yil boshidan “Mastercard” xalqaro plastik kartalarini to‘laqonli emissiya qilishni boshladi. Mazkur kartalar dunyo standartlariga to‘liq javob berib, NFC (kontaksiz aloqa) tizimida ishlashi bilan boshqa kartalardan ajralib turadi. Xozirgi kunda bankda ikki turdagi “Mastercard” kartalari mavjud bo‘lib, bular jumlasiga “Mastercard Standard” va “Mastercard Gold” kartalari kiradi. Shu turdagi kartalarga “MyTuron” ilovasi orqali cheklanmagan miqdorda xorijiy valuta sotib olish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, «Turonbank» ATBning barcha viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan filiallaridagi terminallar, yoxud 24/7 rejimida ishlovchi punktlarida joylashgan bankomatlari orqali naqd xorijiy valutani yechib olish imkoniyati yaratilgan. “Mastercard” kartalari orqali dunyoning istalgan hududida to‘lovlarni amalga oshirish yoki bankomatlar orqali xorijiy valutani naqdlashtirish va internet orqali to‘lovlarni xavfsiz amalga oshirish imkoniyatlari mijozlarni mazkur kartalarga qiziqishini yana ham oshirib kelmoqda.
Shu bilan birga, “Mastercard” kartalarini ommabopligini oshirish, mijozlarga mazkur kartalarning keng imkoniyatlarini yetkazib berish maqsadida, “Mastercard Europe S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda aksiyalar tashkillashtirilib kelinmoqda. Mazkur aksiyalar doirasida 90 dan ziyod mijozlarga har xil turdagi maxsus sovg‘alar taqdim etildi, 7000 ga yaqin mijozlarga bepul Mastercard kartalari ochib berildi. Hozirda asosiy sovg‘a Neksiya III yengil avtomobili o‘z egasini kutmoqda. Kelajakda “Mastercard Europe S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda ko‘plab shu turdagi aksiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, «Turonbank» ATB “Visa Classic”, “Visa Gold”, korporativ mijozlar uchun “Visa Business” kartalari hamda milliy valutadagi “Humo” va “UzCard” kartalarini ham mijozlarga taklif etadi.
Mamlakatimizda izchil islohotlar olib borilayotgan ayni vaqtda «Turonbank» ATB barqaror rivojlanishida davom etib, mijozlar manfaatiga mos tezkor, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan yangi xizmat turlarini taklif etish kabi amalga oshirayotgan ishlari bilan davlatimiz iqtisodiyotini yanada mustahkamlashda o‘z hissasini qo‘shib bormoqda.
Turonbank – Barqarorlik belgisi!
Telefon: 95 144-60-00
Veb-sayt: www.turonbank.uz
Telegram: t.me/turonbank.uz
Facebook: fb.com/turonbank
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:13 / 20.09.2022
Jizzaxda «Turonbank» ATBga qarashli bankomatga mas’ul bo‘lgan bank xodimi katta miqdordagi pullarni o‘zlashtirgani aytilmoqda
09:00 / 11.08.2022
Turonbank IFC bilan transformatsiya qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:45 / 06.11.2020
Turonbank: O‘zbekiston moliya bozorida 30 yillik samarali faoliyat!
12:28 / 18.07.2020