Jizzaxda attraksion tutqichi sinib ketishi oqibatida bir qiz halok bo‘ldi (Video 18+)
28 iyun kuni soat 12:05da Jizzax shahri, Navro‘z mahallasi hududidagi «Istiqlol» bolalar bog‘ida «Uchar likopcha» attraksioni tutqichi sinib, yerga qulagan. Baxsiz hodisa oqibatida bir qiz fojiaviy tarzda hayotdan ko‘z yumgan.
Jizzax viloyati IIB Axborot multimedia guruhining Kun.uz muxbiriga xabar berishicha , 1999 yilda tug‘ilgan M.H Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, «So‘loqli» mahallasida yashagan.
M.H.ning o‘limiga esa yerga yiqilish ortidan olingan tan jarohati sabab bo‘lgan. Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, attraksionga turli yoshda bo‘lgan 8 kishi chiqqan. Og‘ir ahvoldagi qizni tez tibbiy yordam mashinasini kutmasdan kasalxonaga olib ketishgan. Afsuski, qiz kasalxonaga yetmay yo‘lda jon bergan.
Mavzuga oid
19:48 / 19.09.2024
Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan “Lasetti” pastlikka ag‘darildi
19:02 / 09.09.2024
Qashqadaryo va Jizzaxda pora olgan ekologiya va qurilish mutaxassislari ushlandi
09:25 / 05.09.2024
Jizzaxda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
14:14 / 26.08.2024