Uzauto Motors korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro sertifikatini olishni rejalashtirmoqda
Uzauto Motors kompaniyasi tizimda korrupsiyaga barham berilganini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatni olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning Asakadagi zavodiga tashkil etilgan press-tur chog‘ida ma'lum qilindi.
«Bizda sifat nazorati doim ishlaydi, barcha standartlarga rioya qilinadi. Qayd etishni xohlardimki, 2019 yilda kompaniya Korrupsiya qarshi kurash xalqaro sertifikati – ISO 37001 standartini olishni rejalashtirmoqdamiz. Bunga o‘zlaringiz guvoh bo‘lishlaringiz uchun ushbu tur tashkil etildi. 2018 yildan kompaniyada bu illatga qarshi keskin kurash olib borildi va ko‘rilgan choralar natijasida avtomobil xarid qilishdagi korrupsion holatlarga barham berildi. Bundan ko‘zlangan maqsad, avtomobil xaridida “shapka” bor, lokalizatsiya korxonasi ochish uchun “shapka” so‘rashadi, degan gaplarga barham berishdir», - dedi Uzauto Motors bosh direktori v.b. Rustam Rajabov.
Mavzuga oid
16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
21:14 / 09.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasining shvetsiyalik sobiq rahbari yangi ish topdi
18:45 / 27.12.2024
UzAuto Motors direktori lavozimidan ketdi
18:27 / 31.10.2024