Jamiyat | 15:02 / 11.07.2019
11482
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

AQShdagi Vebster universitetining Toshkent shahrida ta'lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etildi

MDH mamlakatlarida ilk marotaba to‘laqonli AQSh universitetining filiali O‘zbekistonda tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi PQ-4245-sonli qarori bilan Toshkent shahrida Vebster universitetining ta'lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etilgan edi. 

Vebster universitetining Toshkent shahridagi markazida 2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavriatning ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

Bakalavriat:

👉 Biznes boshqaruvi (BA Business Administration);

👉 Iqtisodiyot (BA Economics)

👉 Media kommunikatsiya (BA Media Communication);

👉 Ingliz tili ikkinchi til sifatida (BA ESL). 

Magistratura:

👉 Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish (MA TESL);

👉 Biznes boshqaruvi (MBA);

👉 Media kommunikatsiya (MA Media Communication).

Vebster universitetining Toshkent shahridagi markaziga abituriyentlarni qabul qilishda kirish imtihoni ko‘zda tutilmagan. 

Qabul 31 iyulgacha.

Abituriyentlardan hujjatlar onlayn qabul qilinadi. Nomzodlar quyidagi hujjatlarni ingliz tilida tayyorlab, uzadmissions@webster.edu elektron manziliga yuborishi lozim:

1. Ariza - Application form

2. Xalqaro til bilish sertifikati (TOEFL 80/IELTS 6.0)

3. Attestat/Diplom va uning tasdiqlangan ilovasi (o‘rtacha baho 2.5 dan yuqori bo‘lish kerak)

4. O‘qituvchi yoki ustozdan tavsiyanoma 

5. Pasport nusxasi

6. Insho (erkin mavzu) 300-500 so‘zdan iborat bo‘ladi.

Markazda o‘qitish kunduzgi ta'lim shaklida, to‘lov-kontrakt asosida, ingliz tilida Vebster universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi. 

 

Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Vebster universitetining diplomi beriladi.  

Qo‘shimcha ma'lumotlar: Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti 1-bino, 110-xona, Tel. 712392833

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid