Prankerlar Zelenskiy va jurnalist sifatida politsiya generali bilan suhbatlashdi
Rossiyalik prankerlar Vovan (Vladimir Kuznetsov) va Leksus (Aleksey Stolyarov) Ukrainaning Dnepropetrovsk oblasti politsiya boshlig‘i Vitaliy Gluxover bilan suhbatlashishdi. Uning audioyozuvi «Strana.ua» saytida e'lon qilindi.
Dastlab, Gluxoverga Vovan qo‘ng‘iroq qilgan va jurnalist sifatida o‘zini tanishtirgan. U hamsuhbatiga yaqinda internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan video yuzasidan savol bergan. Unda general, uning avtomobilini YHQni buzgani uchun to‘xtagan politsiyachilarni ushlash uchun KORD maxsus bo‘linmalarini chaqirgani aks etgan. Gluxoveri, bunga javob sifatida «Rossiya tashviqoti» haqida gapirgan.
So‘ngra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy roliga kirgan Leksus Gluxoverga qo‘ng‘iroq qilib, mintaqada vaziyat qanday ekaniga qiziqqan. Bunga javoban, politsiya boshlig‘i o‘zini oqlay boshlagan va qonunga muvofiq harakat qilayotganini bildirgan. Shuningdek, blogerlardan noligan general, vaziyatni anglab olishini bildirgan.
«Zelenskiy», o‘z navbatida, Gluxoverga ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilgan.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
16:30 / 21.09.2024
Ukrainada 300 dan ortiq aholi punkti nomi o‘zgartiriladi
12:10 / 21.09.2024