Bosh vazir: Tonirovka bo‘yicha ham tegishli qarorga qo‘l qo‘ydik
Shu yil 27 iyunda imzolangan «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektorda Bosh vazir Abdulla Aripov tonirovka masalasida ham gapirdi.
Bosh vazir aholi tomonidan turli munosabatlarga sabab bo‘lgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar haqda ham to‘xtalarkan, avtomobillarning kunduz kuni chiroq yoqib yurishi haqidagi qoidani eslatib, jamoatchilik fikri inobatga olingan holda tartib o‘zgartirilganiga e'tibor qaratdi. Shuningdek, «tonirovka» masalasini esga oldi.
«Bundan tashqari, erta-indin eshitasizlar, «tonirovka» bo‘yicha ham tegishli qarorga qo‘l qo‘ydik. Yaxshi xushxabar, o‘ylaymanki, xalqimiz tomonidan ijobiy kutib olinadi», deya hukumat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, hukumatning 2018 yil 18 iyuldagi «Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2018 yil 1 avgustdan boshlab, jismoniy va yuridik shaxslarga tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berildi.
To‘lov 1 yil muddatga jismoniy shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 90 baravari (18 245 700 so‘m), yuridik shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 120 baravari (24 327 600 so‘m), O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — eng kam oylik ish haqining 140 baravari (28 382 200 so‘m) miqdorida belgilangan.
O‘tgan vaqt davomida deputatlar va blogerlar bir necha marta hukumatning bu qaroriga o‘zgartirish kiritish zarurligi haqida chiqishlar qilib kelishdi.
Biroz oldinroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Otabek Umarov tonirovka masalasi bo‘yicha o‘z fikrini bildirgandi.
«Fikrimcha, tonirovka mavzusi O‘zbekiston sharoitida dolzarb va o‘rinli ko‘tarilgan. Chunki yurtimizda iqlim sharoiti yoz oylari, ayniqsa, chilla payti juda og‘ir bo‘ladi. Masalaning muhim ekanligini hamda Internet tarmoqlari orqali jamoatchilik, blogerlar va deputatlar murojaatlarini inobatga olib, biz mutasaddi davlat idoralariga bu masalani amaliyotga joriy qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdik. Hozirda tonirovka mavzusi boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, har tomonlama ko‘rib chiqilmoqda.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, shuni alohida aytmoqchimanki, bizda ushbu yo‘nalishda hamma zarur choralar ishlab chiqilgan va ijrosi ta'minlangan. Avtoulov tonirovkasi xavfsizlik masalalarini hal qilishda va ta'minlashda bizga to‘siq bo‘lolmaydi», - degandi u instagramdagi sahifasi orqali.
Ma'lum bo‘lishicha, hozirda ichki ishlar organlarining tonirovka o‘rnatadigan joylarida hamda to‘lov uchun banklarda tegishli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, tonirovka narxlari orqa oyna (lobovoy) uchun tekin bo‘ladi, orqa yon oyna (orqa eshik) uchun esa quyidagicha narxlar belgilanadi:
jismoniy shaxslarga - EKIH 10 barobar (2 mln 230 ming so‘m);
yuridik shaxslarga - 20 barobar (4 mln 460 ming so‘m);
xorijiy tashkilotlarga - 30 barobar (8 mln 920 ming so‘m).
Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):
jismoniy shaxslarga - 90 barobar (20 mln 070 ming so‘m);
yuridik shaxslarga - 110 barobar (24 mln 530 ming so‘m);
xorijiy tashkilotlarga - 130 barobar (28 mln 990 ming so‘m).
Mavzuga oid
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
18:17 / 04.10.2024
Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi
22:17 / 01.10.2024
Abdulla Aripov Yerevanda Eron birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
00:57 / 10.09.2024