O‘zbekiston | 22:17 / 01.10.2024
1195
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov Yerevanda Eron birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda uning doirasidagi biznes-forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalasi muhokama qilindi.

Foto: Bosh vazir matbuot kotibi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Yerevanga tashrif doirasida Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlari tomonidan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlangan.

Uchrashuvda Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda uning doirasidagi biznes-forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, davlatlar o‘rtasida turli sohalarda sanoat kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yerevanga tashrif doirasida Yevrosiyo iqtisodiy forumida ham ishtirok etgan.

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida ishtirok etish uchun Yerevanga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘z nutqida prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini alohida ta’kidladi. Yig‘ilish so‘ngida Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi va O‘zbekiston hukumatining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlari rejasi imzolandi.

Mavzuga oid