Jahon | 22:53 / 01.10.2024
11867
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil armiyasi Eronning raketa zarbasi nihoyasiga yetganini e’lon qildi

TsAHAL ko‘plab raketalar urib tushirilganini ma’lum qilib, aholiga boshpanalardan chiqishga ruxsat berdi.

Foto: Reuters

Isroil Mudofaa kuchlari (TsAHAL) Eronning raketa zarbasi nihoyasiga yetganini ma’lum qilib, aholini boshpanalardan chiqishiga ruxsat berdi.

«Vaziyatni baholagandan so‘ng, endi mamlakatning barcha hududlarida qo‘riqlanadigan boshpanalarni tark etishga ruxsat berildi. Biz jamoatchilikdan Front orti qo‘mondonligining ko‘rsatmalariga amal qilishni davom ettirishni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

1 oktyabr kuni kechqurun Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Isroil tomon raketalarni uchirib, buni HAMAS va «Hizbulloh» yetakchilarining o‘limiga javoban qasos deb atadi.

Jerusalem Post xabariga ko‘ra, Eron 500 ga yaqin raketani uchirgan va bu Isroilga eng keng ko‘lamli zarba bo‘lgan.

Raketalar uchirilgach Isroil, Iordaniya va Iroq o‘z havo hududini zudlik bilan yopdi.

Qayd qilinishicha, Isroilning markazi va janubida bir nechta raketa yerdagi obektlarga qulagan, yetkazilgan zarar baholanmoqda. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

«Biz ko‘plab raketalarni urib tushirdik. Ammo markazda va janubda ba’zi obektlarga zarba berildi», dedi TsAHAL vakili Daniel Hagari.

TsAHAL bu zarbalar Eron uchun oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.

Mavzuga oid