Bojxonachilar dizel yonilg‘isining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi
Bojxonachilar tomonidan dizel yonilg‘isining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar hamda “O‘zneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda dizel yonilg‘isining noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida “Marg‘ilon-Andijon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro I.B. boshqaruvida bo‘lgan “Gaz-5327” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada avtomashina sisternasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 20 mln. so‘mlik jami 5000 litr miqdordagi dizel yonilg‘isi borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:07 / 24.12.2024
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
08:15 / 23.12.2024
Bojxona postidan 1,3 mln rublni yashirincha olib chiqish urinishi aniqlandi
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
19:33 / 05.12.2024