Jahon | 18:10 / 26.08.2019
4116
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston Kashmir masalasini BMT Bosh assambleyasida ko‘tarishni rejalashtirmoqda 

Foto : AP Photo / Thomas Peter

Pokiston bosh vaziri Imran Xon 27 sentyabrda BMT Bosh assambleyasidagi nutqi davomida Kashmir masalasini ko‘tarishini ma'lum qildi. Bu haqda ANI axborot agentligi xabar berdi. 

“Men BMT Bosh assambleyasida 27 sentyabrda nutq so‘zlayman va unda Kashmir masalasini jahon maydonida ko‘taraman”, deb aytgan Xon.  

Avvalroq Hindiston bosh vaziri Narendra Modi G7 sammiti doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralarni ochish vaqtida Kashmir bahsli hududi masalasi faqat Hindiston va Pokistonga taalluqli ekani, ular o‘zaro ziddiyatni muloqot vositasida hal qilishlari mumkinligini aytgan.

Pokiston 5 avgustda Nyu-Dehli Jammu va Kashmir shtatining maxsus hudud maqomini bekor qilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri federal boshqaruv kiritganiga keskin munosabat bildirgandi. Shundan keyin tomonlar chegaraga qo‘shinlar tortayotgani ma'lum qilingandi. Ikki davlat Kashmir uchun 3 marta o‘zaro urush olib ham borgan.

Mavzuga oid