Pokiston O‘zbekistonda zaytun plantatsiyalarini tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston Pokiston tadbirkorlariga Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida jun va terini qayta ishlashni tashkil etish, to‘qimachilik fabrikalari hamda boshqa korxonalarni ochish bo‘yicha ham takliflar berdi.
O‘zbekiston elchixonasida Gudjranvala Savdo-sanoat palatasi prezidenti Rana Muhammad Siddiq Xon bilan muzokara o‘tkazildi.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada jadallashtirish istiqbollari va Pokiston investitsiyalarini mamlakatimizga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Rana Siddiq Xon O‘zbekistonning Pokiston uchun muhim savdo hamkori sifatidagi ahamiyatini ta’kidlab, yaqin kelajakda turli sohalardagi biznes delegatsiyani mamlakatga yuborishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo hajmini oshirish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston diplomatlari mamlakat turli hududlarida, jumladan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida jun va terini qayta ishlash, zaytun plantatsiyalarini tashkil etish, to‘qimachilik fabrikalari hamda boshqa korxonalarni ochish bo‘yicha takliflarni bildirdi.
Pokiston vakili yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar bilan tanishish maqsadida tashkilotga a’zo ishbilarmon doiralari vakillari bilan birga O‘zbekistonga safar qilish istagini bildirdi.
Gudjranvala Savdo-sanoat palatasi tomonidan Islomobodda o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda O‘zbekiston delegatsiyalarining ishtirokini ishlab chiqish, qo‘shma biznes-forumlar o‘tkazish masalalariga e’tibor qaratildi. Ushbu tadbirlar mezbon mamlakatda O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatini namoyish etish va investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Mavzuga oid
11:27 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Pokiston imtiyozli savdo bitimiga kiruvchi mahsulotlar bo‘yicha muzokara olib bormoqda
18:21 / 04.11.2024
Pokistonda havo ifloslanishi me’yordan 60 baravar oshgani sababli maktablar yopildi
17:42 / 04.11.2024
Xavfsizlik chegarasidan 80 barobar yuqori: Lahor dunyoning havosi eng iflos shaharlaridan biri
15:10 / 02.11.2024