Samarqand va Qarshidagi mushakbozlik vaqtida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi
Samarqand va Qarshi shaharlarida bayram munosabati bilan o‘tkazilgan mushakbozliklar davrida ochiq maydondagi qurigan o‘tlar yongan. Tan jarohati olganlar yo‘q, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.
2019 yilning 1 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi bayrami munosabati bilan Samarqand shahridagi “V.Abdulla” ko‘chasi oldidagi ochiq maydonda o‘rnatilgan mushaklar otilishi jarayonida mushaklarning o‘chmay qolgan cho‘g‘ parchalari 350 metr uzoqlikdagi qurigan o‘tlar ustiga kelib tushishi natijasida 40 sotix maydonda quruq o‘t yongan.
Mazkur tadbirga jalb etilgan navbatchilikda turgan 3 ta yong‘in o‘chirish ekipaji hamda 1 ta suv tashishga mo‘ljallangan yordamchi texnika yordamida yong‘in soat 21:27 da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Alanga bino va inshootlarga o‘tmagan.
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi M.Toshmuhammedov nomidagi musiqali drama teatri oldidagi ochiq maydonda o‘tkazilgan mushakbozlik davomida mushaklardan birining nuqsoni bo‘lganligi va uning yetarlicha yerdan ko‘tarilmasdan yorilishi evaziga undan chiqqan uchqun 300 metr uzoqlikdagi qurigan o‘tlar ustiga tushishi oqibatida 40 kv. metr maydonda yong‘in yuzaga kelgan. Tadbirga jalb etilgan navbatchilikda bo‘lgan 3 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yordamida yong‘in 5 daqiqada bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Alanga bino va inshootlarga o‘tmagan.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
15:37 / 07.11.2024
Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
14:57 / 05.11.2024