Dzyudo. Toshkent Gran-prisiga qur'a tashlandi
Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi. Bugun 19 sentyabr kuni turnirga qur'a tashlandi. Ushbu nufuzli musobaqa Xalqaro dzyudo federatsiyasi yillik taqvimiga kiritilgan bo‘lib, har yili o‘tkazilishi an'anaga aylanib bormoqda.
Gran-pri 20-22 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Erkaklar va ayollar yettidan, jami 14 vaznda tatamiga tushadi. Musobaqa "Humo arena" da bo‘lib o‘tadi.
Taqvimga ko‘ra musobaqaning birinchi kunida erkaklar -60, -66; ayollar -48, -52 kg vaznda tatamiga tushadi. Quyida qur'aga ko‘ra bahslar jadvali ko‘rsatilgan.
Ikkinchi kuni esa erkaklar -73, -81; ayollar -57, -63 kg vaznda bahslarda ishtirok etadi. O‘zbekistonlik dzyudochilar barcha vaznlarda to‘liq tarkibda qatnashadi. Unda yetakchi sportchilar birga yangi nomlarga ham katta e'tibor qaratilgan.
Turnirning so‘nggi kunida erkaklar -90, -100 va +100; ayollar -70, -78 va +78 kgda musobaqada o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.
Mavzuga oid
20:47 / 01.08.2024
Muzaffarbek To‘raboyev - Olimpiya o‘yinlari sovrindori
11:35 / 07.08.2023
12 yillik tarix yangilandi: O‘zbek dzyudochisi yana «Masters» turnirining g‘olibiga aylandi
16:56 / 12.12.2019
Dzyudo. «Masters» turnirida ikkita bronza medali qo‘lga kiritildi
20:06 / 25.10.2019