Jahon | 15:04 / 24.09.2019
8083
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda elektron sigaretdan to‘qqizinchi o‘lim holati qayd etildi

Foto: Daniel Becerril / Reuters

AQShda elektron sigaret chekishdan to‘qqizinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.

"Bugun o‘pka kasalligi oqibatida Kanzasning ikkinchi fuqarosi vafot etganini qayg‘u bilan ma'lum qilaman", - deyiladi gubernator Lora Kellining bayonotida.  

Avvalroq AQSh kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi elektron sigaret chekuvchilar orasida o‘pka va nafas olish yo‘llari kasalliklari ko‘payib borayotganini ma'lum qilgandi. Aytilishicha, butun mamlakat bo‘ylab 500dan ortiq ana shunday holat o‘rganilmoqda.

Shuningdek, yana yetti kishi elektron sigaret chekish bilan bog‘liq simptomlar bilan Kanzasdagi kasalxonaga yotqizilgan.  

Mavzuga oid