Jamiyat | 12:13 / 25.09.2019
11629
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ynoqda 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2019 yil 23 sentabr kuni soat 03:00lar chamasida Mo‘ynoq tumani “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig‘ini hududida Taxtako‘pir tumanida yashovchi besh nafar fuqaro ov miltiqlari bilan avtomashinada harakatlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ular O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan 13 bosh jayronni otib o‘ldirib, qonun talablarini qo‘pol ravishda buzib, hayvonot dunyosiga 145 mln. so‘m miqdorda zarar yetkazganlar.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 24 sentabr kuni Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xabarda qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi Axborot xizmati

Mavzuga oid