O‘zbekiston | 12:41 / 02.10.2019
36640
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda – Matviyenko

O‘zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilishi kutilmoqda. Bu haqda ayni paytda Toshkentda bo‘lib turgan Rossiya federatsiyasi Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«O‘zbekiston prezidenti bir qarorga kelgan va O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy kengashiga qo‘shilishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda», – dedi Matviyenko Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuv chog‘ida.

Matviyenkoning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonning YeOII a'zosiga aylanishi Rossiya bilan aloqalar rivojiga yangi turtki beradi va bu orqali hozirda mavjud ba'zi to‘siqlarning bartaraf etilishiga erishiladi

Ma'lumot uchun, Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi 2015 yilda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston va Belarus a'zoligida tashkil etilgan. Tashkilotga a'zo davlatlar iqtisodiy masalalarda o‘zaro kelishgan holda qarorlar qabul qilish, o‘zaro tovar va xizmatlarni ayirboshlash, mehnat kuchi va kapital almashinuvi bo‘yicha cheklovlarni minimallashtirishga kelishib olishgan.

Mavzuga oid