Jahon | 00:47 / 14.10.2019
6565
1 daqiqa o‘qiladi

2019 yilda dunyodagi yirik teraktlar oqibatida 9 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘lgan

Foto: AP

2019 yil boshidan beri dunyoda sodir etilgan eng yirik teraktlar oqibatida 9 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” nashriga intervyuda Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Yuriy Kokov ma'lum qildi. 

Uning ta'kidlashicha, 2018 va 2019 yillarda 70 ga yaqin davlat 5 mingdan ko‘proq yirik teraktni boshdan kechirgan. Terrorchilar hujumi oqibatida 30 mingga yaqin odam jabrlangan.

“Joriy yilda 2 mingta eng yirik terakt oqibatida 9 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 11 mingdan ko‘prog‘i yaralangan”, deb xabar bergan Kokov.  

Uning ta'kidlashicha, terrorchilarning asosiy nishoni xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda eng ko‘p hissa qo‘shgan davlatlar bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga oid