Jamiyat | 22:18 / 19.10.2019
5415
2 daqiqa o‘qiladi

Ekspert: «Global innovatsion indeks mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va eksport darajasiga bog‘liq»

Global innovatsion indeks mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va eksport darajasiga bog‘liq, deb hisoblaydi iqtisodchi-olim Raufxon Salaxo‘jayev.

Raufxon Salaxo‘jayev Loyiha boshqaruv milliy agentligi, Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Respublika Oliy biznes va boshqaruv maktabi hamda BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan tashkil etilgan Boshqaruv innovatsiyalari kunlari doirasida O‘zbekistonning Global innovatsion indeksga kirishining dolzarbligi va O‘zbekistonga kuchli 50talikka kirishda o‘z pozitsiyasini kuchaytirishga yordam berishi bo‘yicha o‘z taqdimoti bilan chiqish qildi.

Global innovatsion indeks (The Global Innovation Index) - bu global tadqiqotlar va dunyo mamlakatlaridagi innovatsiyalarning rivojlanish darajasi bo‘yicha reytingi. U Fransiyaning INSEAD Xalqaro biznes maktabi uslubiyati bo‘yicha hisoblanadi.

Indeks 82 ta turli ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lib, ular iqtisodiy rivojlanishning turli darajalaridagi mamlakatlarning innovatsion rivojlanishini batafsil tasiflaydi. Shu bois indeks ikki guruh ko‘rsatkichlari bahosining yig‘indisi hisoblanadi.

Birinchi guruhga innovatsiyalar uchun mavjud resurslar va sharoitlar kiradi (Innovation Input): - institutlar, inson kapitali va tadqiqotlar, infratuzilma, ichki bozorni rivojlantirish, biznesni rivojlantirish.

Ikkinchi guruhga innovatsiyalarni joriy etishda erishilgan amaliy natijalar kiradi (Innovation Output): - texnologiyalar va iqtisodiy bilimlarni rivojlantirish, ijodiy faoliyat natijalari.

Shu tarzda, yakuniy indeks xarajatlar va samaralar nisbatini ifodalaydi, bu esa u yoki bu mamlakatdagi innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan harakatlar samaradorligini xolis baholashga imkon beradi.

Taqdimotda Raufxon Salaxo‘jayev Global innovatsion indeks mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, shuningdek, eksport darajasi bilan uzviy bog‘liqligini ta'kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish pog‘onalariga o‘tishiga imkon beradigan zaxiralarga, jumladan ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish, kapital bozorini rivojlantirish, ta'lim va AKT sohasini sifatli isloh qilishga alohida e'tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Mavzuga oid