Chilida metro narxi oshishiga qarshi namoyishlar. Armiya harakatga keltirildi
Chili hukumati mamlakat armiyasini metropoliten chiptasi uchun narxlar oshishiga javoban boshlangan namoyishlarga qarshi kurashish uchun safarbar qildi. Valparaiso shahri meri Xorxe Sharp shahar ko‘chalaridagi holat tasvirlangan videoni internetda tarqatdi.
Kunning qorong‘i vaqtida, komendantlik soati vaqtida olingan kadrda kolonna soldatlari ko‘chalar bo‘ylab harakatlanayotgani ko‘rsatilgan. Tasvirlarda bir necha harbiy yo‘lovchini kaltaklayotganini ham ko‘rish mumkin.
Mer Sharp namoyishchilar tomonida. «Zo‘ravonlik kuchayishi va repressiya uchun mas'uliyat hukumat zimmasida», degan mer ro‘y berayotgan voqealarni demokratiyaga zid deb baholagan.
Chilidagi namoyishlar bir hafta oldin mamlakat poytaxti Santyago shahrida boshlangandi. O‘tgan vaqt davomida namoyish butun mamlakatga tarqaldi. Norozilik aksiyalariga metro uchun chipta narxi 30 pesoga (0,042 dollar), 800 pesodan 830 pesoga (43,45 dollar) oshirilgani sabab bo‘ldi.
19 oktabr kuni mamlakat prezidenti Sebastyan Pinera 15 kunlik favqulodda holat e'lon qildi. Shundan so‘ng tartibsizliklar ko‘lami yanada kuchaydi.
«Bi-bi-si» ma'lumotiga ko‘ra, Santyagoda 300 nafardan ortiq kishi qo‘lga olingan, tartibsizliklar vaqtida 150 nafarga yaqin kishi jarohatlangan, supermarketdagi yong‘in oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.
DW nashrida yozilishicha, prezident tariflar oshirilishi haqidagi qarorni bekor qilgan, ammo endi bu namoyishchilarni qoniqtirmayapti, shu tufayli, Milliy mudofaa vazirligi rahbari general-mayor Xaver Iturryagu del Kamponing so‘rovi bilan Santyagoda komendantlik soati joriy etildi.
Mavzuga oid
10:19 / 25.04.2024
Chilining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
18:48 / 07.02.2024
Milliarder va Chili sobiq prezidenti Sebastyan Pinera vertolyot halokatida vafot etdi
21:02 / 04.02.2024
Chilida halokatli o‘rmon yong‘inlari. Qurbonlar soni 100 dan oshgan
13:06 / 16.02.2023