Jahon | 08:14 / 24.10.2019
44810
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko YeOIIda SSSR tajribasidan foydalanishni taklif qildi

Foto: REUTERS

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning fikricha, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a'zo davlatlar integratsiyalashuv doirasida o‘zlari qachonlardir bir qismi bo‘lgan SSSR tajribasidan foydalanishi kerak.

U bu haqda 24-25 oktabr kunlari Nur-Sultonga amalga oshiriladigan rasmiy tashrifi arafasida Qozog‘istonning «Xabar» davlat telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Bir mamlakatda yashadik. Bizda katta tajriba bor, aynan shu poydevordir. Bizda yagona til bor, umumiy narsalar ko‘p. Bu yo‘lni Yevropa ittifoqiga qaraganda tezroq bosib o‘ta olamiz», - dedi Belarus rahbari.

Uning ta'kidlashicha, YeOII mamlakatlari Yevroittifoqning xatolarini o‘rganishi va ularni takrorlamaslikka harakat qilishi kerak.

«Boshqalarning xatolaridan saboq olishimiz kerak. Tezroq harakatlana olamiz, sababi ko‘proq tajribaga egamiz, biz sovet ittifoqida yashaganmiz. Unda esa juda yaqin integratsiyalashuv mavjud edi. Uni yo‘q qilishning keragi yo‘q. Vayron bo‘lgan narsalarni qayta tiklashimiz kerak. Buning ustida ishlashimiz lozim», - deya xulosa qildi Lukashenko.

Mavzuga oid