O‘zbekiston | 10:11 / 28.10.2019
3530
3 daqiqa o‘qiladi

To‘qqiz oyda 72,4 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilindi 

2019 yilning yanvar – sentyabrida 72,4 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 martaga ko‘p.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar savdoda (38,6 foiz), sanoatda (21,8 foiz), qurilishda (10,0 foiz), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (7,5 foiz), yashash va ovqatlanishda (7,5 foiz), tashish va saqlashda (3,3 foiz) tashkil etilgan. 

2019 yilning yanvar – sentyabrida yangi tashkil topgan kichik korxona va mikrofirmalar hududlar bo‘yicha eng ko‘p Toshkent shahrida – 14485 ta, Toshkent viloyatida – 7124 ta, Samarqand viloyatida – 6166 ta. Farg‘ona viloyatida – 5747 ta, Buxoro viloyatida – 5097 ta, Navoiy viloyatida – 5092 ta, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Xorazm, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich o‘rta darajada bo‘lib, 4546 – 2993 tani tashkil etgan. Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida – 2031 tani tashkil etgan. 

2019 yil yanvar - sentabr holatiga hududlar bo‘yicha yangi tashkil topgan kichik korxona va mikrofirmalarning jami miqdoridan eng ko‘p ulush Toshkent shahri – 20,0 foiz, Toshkent viloyati - 9,8 foiz, Samarqand viloyati - 8,5 foiz, Farg‘ona viloyati – 7,9 foiz, Buxoro viloyati - 7,0 foiz, Navoiy viloyati - 7,0 foiz, Andijon viloyati - 6,3 foiz, Namangan viloyati - 6,2 foiz va Qashqadaryo viloyatida - 5,8 foizni tashkil etdi. 

2019 yilning yanvar-sentyabrida kichik tadbirkorlik sub'yektlarining soni (har 1000 aholiga, birlikda) hududlar bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Toshkent shahrida 27,9, Sirdaryo viloyatida 17,1, Navoiy viloyatida 16,8, Jizzax viloyatida 15,3, Toshkent viloyatida 14,7, Buxoro viloyatida 14,5, Farg‘ona viloyatida 12,1, Andijon viloyatida 11,7 birlikda, Qashqadaryo viloyatida 11,5, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11,5, Xorazm viloyatida 10,4, Namangan viloyatida 9,9, Samarqand viloyatida 9,7, Surxondaryo viloyatida esa 8,1 birlikka ushbu ko‘rsatkich past bo‘lib qolmoqda. 

Mavzuga oid