Jamiyat | 07:20 / 31.10.2019
8636
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Agrosanoat agentligi bosh direktori «Qishloq taraqqiyoti va oziq-ovqat xavfsizligi forumi 2019»da ishtirok etdi

Joriy yilning 28-30 oktabr kunlari Osiyo taraqqiyot bankining Maniladagi (Filippin) bosh qarorgohida «Qishloq taraqqiyoti va oziq ovqat xavfsizligi 2019» forumi bo‘lib o‘tdi.

Osiyo taraqqiyot banki Xalqaro oziq-ovqat siyosati instituti va Xalqaro guruch tadqiqoti instituti bilan hamkorlikda «Qishloq taraqqiyoti va oziq-ovqat sifati uchun transfarmatsion o‘zgarishlar» mavzusiga bag‘ishlangan forum o‘tkazmoqda. Ochilish marosimida OTBga a'zo bo‘lgan rivojlanayotgan davlatlarning rasmiy vakillari, ko‘p tarmoqli tashkilotlar, olimlar, fermerlar va yoshlardan iborat 400 dan ortiq tinglovchilar ishtirok etdi.

Forumda Agentlik Bosh direktori Shohrux Shoahmedov Osiyo taraqqiyot bankining Prezidenti Takexiko Nakao bilan qishloq ho‘jaligi sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishi jarayoni bo‘yicha qisqacha muzokara o‘tkazdilar.

O‘tkazilayotgan forum doirasida kirish so‘zi bilan janob Takexiko Nakao Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bilan samarali hamkorlik qilinayotganligiga alohida urg‘u berib, OTB ishtirokida O‘zbekistonda ulgurji bog‘dorchilik bozorlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, agrobiznes rentabelligi va fermerlar daromadini oshirishga yo‘naltirilgan 280 million AQSh dollari qiymatidagi loyihalar amalga oshirilishini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Agentlik Bosh direktori, Markaziy Osiyo va G‘arbiy Osiyo departamentining atrof muhit, tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligi bo‘limi Direktori Donnet Uolton honim bilan uchrashib, kelgusi uch yilda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish strategiyasini muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Agentlik tomonidan OTB ishtirokidagi umumiy qiymati 766,5 million AQSh dollarini tashkil etuvchi qishloq suv va xo‘jaligi yo‘nalishidagi 3ta loyiha, jumladan, meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish, Agrologistika markazlarini barpo etish va Amu Buxoro sug‘orish tizimini tiklashga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilning noyabr oyida qiymati 150,0 million AQSh dollarini tashkil etuvchi OTB ishtirokidagi «Chorvachilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish» loyihasining qiymati 150,0 mln AQSh dollariga teng qarz bitimi imzolanishi rejalashtirilmoqda, o‘z navbatida ushbu loyiha ham Agrosanoat agentligi tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan

Agrosanoat agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun telefonlar:

71-241 51 44

71-241 49 22

71-241-00 91

Elektron pochta: info@rra.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid