Jahon | 15:50 / 03.11.2019
6896
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy orbitaga 3ta sun'iy yo‘ldosh chiqardi
Xitoy 3 noyabrda "Chanchjen-4B" raketa-tashuvchisi yordamida orbitaga 3ta sun'iy yo‘ldosh olib chiqdi, deb xabar berdi Xitoy koinot fan va texnikasi korporatsiyasi (CASC).
Parvoz Shansi viloyatidagi Tayyuan kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 11-22da amalga oshirildi. Birozdan so‘ng uchala yo‘ldosh ham belgilangan orbitaga chiqqan.
Bu safar xitoy raketasi orbitaga 3 xil loyiha yo‘ldoshlarini: "Gaofen-7", Sudan uchun ilmiy-tadqiqot hamda "Tyani-15" sun'iy yo‘ldoshlarini chiqardi. Ularning barchasi Yerni masofadan turib zondlash uchun ishlatiladi.
"Chanchjen" oilasiga mansub raketalar uchun bu 316-parvoz bo‘ldi.
Mavzuga oid
00:49 / 15.09.2024
Eron Chamran-1 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli chiqardi
00:32 / 18.08.2024
Britaniya birinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchirdi
09:12 / 10.08.2024
Xitoyga tegishli raketa orbitada parchalanib, kosmik chiqindini hosil qildi
08:15 / 28.05.2024