The New York Times nashrida Toshkent metrosi haqida maqola chop etildi
AQShning nufuzli nashrlaridan biri - The New York Times’da Toshkent metrosi, undagi stansiyalarning o‘zi xosligi haqida maqola chop etildi.
Maqolada Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgunga qadar Toshkent metrosi yopiq obekt hisoblangani va unda surat olish mumkin bo‘lmagani ta'kidlab o‘tilgan.
«Poyezdlar tonggi soat 5 dan yarimtungacha harakatlanadi, yo‘lkira haqi esa 1400 so‘m yoki 15 sentni tashkil qiladi», deyilgan maqolada.
Asosiy e'tibor o‘zining antiqa dizayni tufayli sayyohlarni jalb qiluvchi «Paxtakor» va «Alisher Navoiy» stansiyalariga qaratilgan.
Shuningdek, maqolada Toshkent metrosi Markaziy Osiyodagi ikkita metrodan biri ekani, ikkinchi metropoliten Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgani qayd qilib o‘tilgan.
Toshkent metrosi 1977 yildan beri faoliyat yuritib keladi. Unda 29 ta stansiya va 3 ta yo‘nalish bor bo‘lib, umumiy uzunligi 36,2 kmni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
08:09 / 29.06.2024
New York Times Baydenni prezidentlik poygasidan chiqishga chaqirdi
14:00 / 06.09.2023
Boku: New York Times muqobil fikrlarga to‘sqinlik qilmoqda
08:47 / 03.08.2021
The New York Times o‘z xodimlariga koronavirus kelib chiqishini o‘rganishni taqiqlab qo‘ygan - OAV
11:17 / 18.05.2021