Chilidagi namoyishlarda 300 ga yaqin odam ko‘zidan jarohat oldi
Chilida kuch tuzilmalari tomonidan namoyishchilarga qarshi rezina o‘qlar qo‘llanayotgani oqibatida 280 dan ko‘proq odam ko‘zidan jarohat oldi. Bu haqda Telesur nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, hukumatlarga qarshi namoyishlar vaqtida huquq-tartibot idoralari xodimlari namoyishchilarning yuziga o‘q uzgani sababli ular ko‘z jarohati olgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Chili politsiyasi rezina o‘qlar qo‘llashga favqulodda vaziyatlardan tashqari taqiqlov borligiga qaramay, bunday o‘qlardan foydalanmoqda.
Jumladan, 23 noyabrdagi namoyishlar vaqtida 127 kishi jarohat olgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchilar orasida politsiyachilar ham bor. Namoyishchilar noroziliklar vaqtida binolarga o‘t qo‘yib, politsiya bo‘limlariga hujum qilishgan.
Chili prezidenti Sebastyan Pineraning siyosatiga qarshi noroziliklar boshlangan vaqtdan beri 17 mingdan ko‘proq odam hibsga olingan, ulardan 950 nafari hanuzgacha tergov izolyatorlarida ushlab turilibdi.
Chililiklar bir oydan ko‘proq vaqtdan beri ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikka hamda siyosiy elitaga qarshi norozilik bildirmoqdalar.
Mavzuga oid
10:19 / 25.04.2024
Chilining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
18:48 / 07.02.2024
Milliarder va Chili sobiq prezidenti Sebastyan Pinera vertolyot halokatida vafot etdi
21:02 / 04.02.2024
Chilida halokatli o‘rmon yong‘inlari. Qurbonlar soni 100 dan oshgan
13:06 / 16.02.2023