Sport | 07:52 / 25.11.2019
5262
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Devis kubogining 6 karra g‘olibiga aylandi

Foto: EPA-EFE/KIKO HUESCA

Tennis bo‘yicha Ispaniya erkaklar terma jamoasi Devis kubogi finalida Kanadani mag‘lub etib, 6-marta kubokni qo‘lga kiritdi. Final uchrashuvlari Madridda bo‘lib o‘tgan.

Finalning birinchi uchrashuvida ispaniyalik Roberto Bautista-Agut kanadalik Feliks Ojye-Alyassimni mag‘lub etdi. 2-uchrashuvda Rafael Nadal Denis Shapovalovni dog‘da qoldirib, Ispaniya terma jamoasiga muddatdan avval g‘alaba keltirgan.

Musobaqa qoidalariga ko‘ra, hisob 2:0 bo‘lganda juftliklar o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazilmaydi.

Kanada musobaqa finalida birinchi marta ishtirok etdi. Ispaniya esa kubok sohibi unvonini olishga 6-marta (2000, 2004, 2008, 2009, 2011, 2019 yillar) muvaffaq bo‘ldi. 

Musobaqa mukofot jamg‘armasi 20 mln dollarni tashkil qilgan. U 1900 yildan beri har yil o‘tkazib kelinadi. G‘alabalar soni bo‘yicha rekordchi AQSh hisoblanadi (32 marta). 

Mavzuga oid