O‘zbekistonda allergiyaga qarshi yangi dori vositalari yaratildi
O‘zbekistonda allergiyaga qarshi yangi dori vositalari yaratildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi saytida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda birinchi marta qoraqiz ekstraktining flavonoid fraksiyasidan ajratilgan allergiyaga qarshi «Allergodaf» hamda qoraqiz ekstraktining polisaxaridlari asosida yangi immunitetga ta'sir etuvchi «Immunokor» dori vositalari ishlab chiqildi.
Xabarda aytilishicha, hozirda ushbu dori vositalari klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.
Bildirilishicha, Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti olimlari tomonidan tizim va hujayra darajasida o‘simlik moddalarining xususiyatlari har tomonlama tadqiq qilinadi.
Fanlar akademiyasining boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda turli xomashyolardan olingan 80dan ortiq mahalliy vositalar o‘rganilgan va shulardan 2tasi istiqbolli bo‘lib, dori vositalari ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
12:30 / 10.10.2024
Dorilarning postmarketing nazorati o‘tkaziladi
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
13:30 / 17.09.2024
Urganchda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
09:00 / 09.09.2024