Sport | 21:10 / 25.12.2019
10579
3 daqiqa o‘qiladi

O‘n yillikning eng yorqin futbol uchrashuvlari ma'lum qilindi 

FourFourTwo portali yakunlanayotgan o‘n yillikning eng yorqin 50ta futbol uchrashuvi reytingini tuzdi. 

Reytingda 2014 yilgi jahon chempionatining Braziliya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi yarimfinal o‘yini yetakchilik qilmoqda. Ushbu o‘yin jahon chempionatini qabul qilgan Braziliyaning 1:7 hisobidagi yirik  mag‘lubiyati bilan yakunlangandi. O‘sha o‘yindan keyin pentakampeonlar alamdan yig‘lashgan edi.

2-o‘ringa Angliya chempionatining 2011/12 yillardagi mavsumida «Manchester Siti» va «KPR» klublari o‘rtasida kechgan uchrashuv qo‘yilgan. O‘sha o‘yin «shaharliklar»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Mavsumning oxirgi turida qo‘lga kiritilgan shu g‘alaba evaziga «Siti» 44 yil ichidagi ilk chempionlikni qo‘lga kiritgandi. E'tiborlisi, «shaharliklar» ikkita g‘alaba golini qo‘shimcha vaqtlarda urishgan.

3-o‘ringa «Real»ning «Barselona»dan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyati bilan tugagan uchrashuv qo‘yildi.

Quyida o‘n yillikning eng yaxshi o‘nta o‘yini keltirilgan:

1. Braziliya — Germaniya 1:7 — 2014 yil 8 iyul

2. «Manchester Siti» — «KPR» 3:2 — 2012 yil 13 may

3. «Barselona» — «Real» 5:0 — 2010 yil 29 noyabr

4. «Barselona» — «PSJ» 6:1 — 2017 yil 8 mart

5. «Real» — «Barselona» 2:3  — 2017 yil 23 aprel

6. «Liverpul» — «Borussiya» D 4:3 — 2016 yil 14 aprel

7. «Barselona» — «Chelsi» 2:2 — 2012 yil 24 aprel

8. «Barselona» — «Inter» 1:0 — 2010 yil 28 aprel

9. «Nyukasl» — «Arsenal» 4:4 — 2011 yil 5 fevral

10. «Chelsi» — «Tottenhem» 2:2 — 2016 yil 2 may.

Mavzuga oid