Sport | 18:04 / 09.01.2020
9250
2 daqiqa o‘qiladi

Lyubinko Drulovich: «Chempionatga O‘zbekistonning eng yaxshi 23 futbolchisi kelgan»

Foto: Tribuna.uz

Osiyo chempionati-U23 C guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Eron jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng har ikki jamoaning bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qatnashgan O‘zbekiston murabbiyi Lyubinko Drulovich jamoasi bir okcho qo‘lga kiritganini aytdi.

«Yaxshi jamoaga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Eron jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega. Bugun bir ochko qo‘lga kiritdik desak bo‘ladi. Hojiakbar va Sanjar butun mavsumni yaxshi o‘tkazishgandi, ammo bugun ular kutilgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi. Ammo ular hali o‘zini ko‘rsatadi.

Eron dastlabki 15 daqiqada ustunlikka ega bo‘ldi. Keyin biz vaziyatni qo‘lga olib gol urdik. Juda qo‘pol xato sabab gol o‘tkazib yubordik. Gol bo‘lgan vaziyatda himoyachilar ikki marta to‘pni tepib yubora olishmadi. O‘yin oxirida biz ko‘p imkoniyatga ega bo‘ldik.

Osiyo chempionatida g‘alaba qozonishdan uni himoya qilish qiyinroq. Bizning asosiy maqsadimiz shu. Oston nega olib kelinmadi? Maydon markazida bizda yaxshi futbolchilar ko‘p. Sanjar va Sharof masalan milliy jamoada ham o‘ynagan. Men faqat o‘z qo‘l ostimda yig‘ilgan futbolchilar haqida gapira olaman. Bugun biz Tailandga olib kelgan 23 futbolchi mamlakatning eng yaxshi futbolchilari»,— deb murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Mavzuga oid