Iqtisodiyot | 11:07 / 24.01.2020
7748
2 daqiqa o‘qiladi

To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori bir yilda 3,7 barobarga o‘sdi – Prezident

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish» yilida O‘zbekistonga kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori bir yil oldingiga nisbatan 3,7 barobarga ko‘proqni tashkil etdi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Ayniqsa to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 baravarga o‘sdi. Bir yil ichida», – deb ta'kidladi davlat rahbari.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 37 foizga yetgan.

«Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi», – deya qayd etdi Mirziyoyev.

Mavzuga oid