Nazarbekda harakatlanayotgan lokomotiv yonib ketdi, IIV hodisa sabablarini o‘rganmoqda
26 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Nazarbek qishlog‘idan o‘tuvchi temir yo‘l orqali harakatlanayotgan poyezdning lokomotivi yonayotgani videosi tarqaldi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 25 yanvar kuni soat 14:20 atrofida elektr-manyovr lokomotivi VL-60 2157’ning ikkinchi mashinisti kabinasida yuz bergan.
Yong‘inning dastlabki sababi kabinaning isitish tizimidagi qisqa tutashuv bo‘lgan. Yong‘in lokomotiv mashina bo‘limining yuqori kuchlanishli kamerasiga o‘tmagan va o‘t o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari bilan tezda barataraf etilgan.
IIV axborot xizmati «Hozirgina Nazarbek tomonda poyezdda yong‘in chiqdi» mazmunidagi izoh bilan tarqalgan video yuzasidan surishtiruv ishlari boshlanganini ma'lum qildi.
«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bugun soat 14:30 larda «Nazarbek» temir yo‘l bekatida vagonlarni belgilangan joyga taqsimlayotgan mashinist Rayhonov Ruslan boshqaruvidagi 2157-sonli elektrovozning ikkinchi kabinasida yong‘in chiqqan». Yong‘in soat 15:45da Yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan o‘chirilgan va uning sabablari o‘rganilmoqda. Hodisa yuz berishi oqibatida jarohatlanganlar yo‘q», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024