O‘zbekiston | 13:10 / 25.02.2020
9677
2 daqiqa o‘qiladi

«Forish»dagi «Tog‘ qo‘riqchisi» qishki o‘quv kursida harbiylar murakkab mashqlarni bajardi

Harbiylar real tog‘ sharoitlarida tog‘ anjomlari yordamida qoyaga ko‘tarilish va tushish, tog‘li hududda harakatlanish kabi mashqlarni amalda bajardi 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Forish” tog‘ dala poligonida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining mutaxassislari uchun “Tog‘ qo‘riqchisi” qishki o‘quv kursi tashkil etildi. 

Mashg‘ulotlarni Mudofaa vazirligining tajribali harbiy xizmatchilari olib bordi. Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ dala poligonida o‘tkazilgan mazkur kursda asosiy e'tibor amaliyotga qaratildi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, harbiy xizmatchilar real tog‘ sharoitlarida tog‘ anjomlari yordamida qoyaga ko‘tarilish va tushish, tog‘li hududda harakatlanish, tog‘ daralari va to‘siqlardan oshib o‘tish, yaradorga tibbiy yordam ko‘rsatish va uni evakuatsiya qilishning zamonaviy usul va uslublarini amalda bajardi. 

Avvalroq, Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli “Nuriston” poligonida Nuriston garnizonidagi harbiy xizmatchilar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid