Misrda eng xavfli terrorchilardan biri qatl etildi
Hishom Ashmaviyning qatl qilingani haqida 24 fevralda xabar berilgan, ammo uning advokatlari bu xabarni rad etgandi.
Misrning eng xavfli terrorchilari ro‘yxatida bo‘lgan Hishom Ashmaviy mamlakat qamoqxonalaridan birida qatl etildi. Bu haqda polkovnik Tamer Rifoiy o‘zining Facebook sahifasida ma'lum qildi.
"Terrorchi Hishom Ashmaviyga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi chorshanba kuni ertalab ijro etildi", - deyiladi unda.
Ashmaviy va yana 200 nafar ayblanuvchi keyinchalik IShIDga qo‘shilgan "Ansor Bayt al-Maqdis" ekstremistik tarmog‘i ishi bo‘yicha javobgarlikka tortilgandi.
Ular Qohira va Janubiy Sinayda sodir etilgan 54ta jinoyat va teraktlarda, jumladan, politsiya xodimlari va mamlakat bosh prokurorini o‘ldirish, ichki ishlar vaziriga suiqasd qilish, davlat idoralari, cherkov va masjidlarda teraktlar uyushtirishda ayblangan.
Ashmaviyning qatl qilingani haqida 24 fevralda xabar berilgan, ammo uning advokatlari bu xabarni rad etgandi. Unga va yana 36 nafar terrorchiga nisbatan yakuniy o‘lim hukmi 2 mart kuni chiqarilgan. Yana 61 nafar ayblanuvchi bir umrlik qamoq jazosiga, qolganlar esa 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan. 22 ayblanuvchi vafot etgani munosabati bilan ularga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
10:00 / 31.10.2024