Jamiyat | 14:42 / 12.03.2020
6459
4 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik mutaxassislardan mahorat darslari yoxud arzon va shirin taomlar tayyorlash sirlari

Foto: «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti

Hozirgi davrda, O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda va bu borada keng miqyosdagi turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Gastronomik turizmni rivojlantirish uchun esa soha mutaxassislari kerak. “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ham yuqori malakali soha mutaxassislarini tayyorlash maqsadida, xorijdan mutaxassislarni jalb qilgan holda amaliy darslarni tashkil qilmoqda.

«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetida Fransiyaning Parij Akademiyasi qoshidagi Jan Druan nomidagi Parij maktabi o‘qituvchilari Mishel Anri Artbro va Edi Rene Freytaglar amaliy darslarni boshlab yuborishdi. Fransiyalik mutaxassislar talabalarga amaliy dars jarayonida,  mahsulotlarga ishlov berish, tayyorlash va tayyor taomni bezatishning texnologik jarayoni, taomlar retsepturasiga asosan ishlatiladigan mahsulotlar me'yorini aniqlash, kerakli jihozlar, asbob va uskunalarni tayyorlash bo‘yicha master-klass o‘tishdi.

Fransiyalik mutaxassislar birinchi amaliyot darsini boshlashdan avval talabalarga texnika xavfsizligidan instruktaj o‘tkazishdi. Bundan tashqari, texnologik laboratoriyada ishlash paytida talabalarga doimiy ravishda shaxsiy va ishlab chiqarish gigiyenasi qoidalariga rioya etish lozimligini ta'kidlashdi.

Fransiyalik mutaxassislar bilan talabalar retsepturaga asosan o‘quv kartasini to‘ldirish, unda berilgan har bir taomni tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlar miqdori, ularga birlamchi ishlov berish va yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash texnologiyalari bo‘yicha ma'lumotlarni o‘rganishdi. Har bir talaba mutaxassislarningamaliyot darslaridan keyin ishni mustaqil ravishda bajardi. Taomlar tayyorlab bo‘lingach, brakeraj o‘tkazildi. Talabalar bezatilgan taomni va o‘quv kartasini fransiyalik mutaxassislarga namoyish etishdi. Brakeraj paytida birinchi va ikkinchi taomlar muayyan haroratdan past bo‘lmagan, salatlar va sovuq ichimliklar haroratiga e'tibor berilgan holda tayyorlandi. Brakeraj paytida tayyor taomlarning tashqi ko‘rinishi, bezatilganligi, rangi, mahsulotlarni kesish shakli, kesilgan bir xil mahsulot o‘lchamlarining tengligi, konsistensiyasi, ta'mi va xushbo‘yligi aniqlandi.

Sovuq taom va gazaklarni tayyorlash, saqlash texnologiyalari va ularni tarqatish jarayonida sanitariya qoidalariga qat'iy rioya qilinishi, ularni tayyorlashda ishlatiladigan mahsulotlar tarqatishdan avval issiq ishlovdan o‘tkazilmasligi, sovuq taom va gazaklarni bezatishda ishlatiladigan sabzavotlar, ko‘katlar haqida ma'lumotlar berildi. Sovuq taom va gazaklarni tarqatishda ularning harorati, sovuq taom va gazaklar texnologiyasini o‘zlashtirish va bezatishni o‘rganish,sovuq taom va gazaklarning ozuqaviy ahamiyati, sovuq taom va gazaklarni tayyorlash uchun asosiy va bezatuvchi mahsulotlar, sovuq taom va gazaklarni guruhlarga bo‘linishi va tavsifi, sabzavot va go‘shtli salat texnologiyasini amalda bajarib ko‘rish, dasturxonga uzatishdan oldin bezatish usullari, tayyor mahsulotlar sifatiga bo‘lgan talablar bo‘yicha master-klasslar o‘tkazishdi.

Shu bilan birga mutaxassislar qanday qilib restoran biznesida mijozlar uchun arzon, hamyonbop  shirin taomlar, salatlar va shirinliklar tayyorlash bo‘yicha maslahatlar berishdi.

«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi

Mavzuga oid